Yangiliklar 21:05 | 10.08.2022

O‘zbekistonda ucharto‘p milliy o‘yini ixtiro qilindi

Andijon viloyati Marhamat tumanida yashovchi Jamoliddin Bo‘taqulov ucharto‘p nomli yangi sport o‘yinini kashf qildi. Bu haqda “Bugun.uz”ga o‘yin muallifi xabar berdi.

Foto: “Bugun.uz”

Ta'kidlanishicha, bu o‘yin Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan o‘rganib chiqilib, amaliyotga ruxsat berilgan. Hozirda Marxamat tumanida Ucharto‘p federatsiyasini tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Foto: “Bugun.uz”

Ucharto‘p 7 o‘yinchidan tashkil topgan jamoaviy to‘pni havodan tushirmay o‘ynaladigan o‘yin hisoblanadi va 10 daqiqadan 4 bo‘lim davom etadi. Ucharto‘p maydoni o‘lchami 6ox30 metr bo‘ladi. Maydon yarmidan hujumga ruxsat beriladi.

Foto: “Bugun.uz”

O‘yinchi to‘pni erdan 40 santimetr balandlikda jaylashgan ichki diametri 2 metr bo‘lgan aylana shakldagi halqaga joylasa, halol deb topiladi. To‘p bilan harakatlanish uchun 7 qadamgacha ruxsat beriladi.

Avvalroq O‘zbekistonda Tentpegging federatsiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda “Skeyt O‘zbekiston” assotsiatsiyasi tashkil etilgani ma'lum qilingan.