Futbol 13:03 | 10.08.2022

“Marsel” Sanches bilan kelishuvga erishilganini e'lon qildi

“Marsel” “Inter”ni tark etgan Aleksis Sanches bilan kelishuvga erishilganini e'lon qildi. Bu haqda frantsuz klubi rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

xabarga ko‘ra, tomonlar chililik futbolchining “Marsel” o‘zaro kelishuvga erishgan. Qayd etilishicha, futbolchi Frantsiya klubida 2024 yilgacha harakat qiladi.

Oldinroq futbolchi “Inter” bilan ikki tomonning roziligiga ko‘ra, o‘zaro shartnomani bekor qilgandi.

Sanches “Inter” safida 2020 yilning sentyabridan buyon to‘p surib kelayotgandi. Futbolchi 108 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urgan va 23 ta golga assistentlik qilgan.

Avvalroq xavi Sanches taklifini rad etgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, “Inter” Sanchesni boshqa jamoaga sota olmayotgani ma'lum qilingan.