Futbol 10:02 | 10.08.2022

Rasman: Timo Verner “Chelsi”dan “Leyptsig”ga qaytdi

“Leyptsig” “Chelsi”ning germaniyalik hujumchisi Timo Vernerning transferini e'lon qildi. Bu haqa nemis klubi rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: “Shelseablues.ru”

xabarga ko‘ra, Tivo Verner “Leyptsig” bilan 2026 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.

Ma'lum qilinishicha, Germaniya terma jamoasining 26 yoshli futbolchisi uchun ingliz klubi 20 million evro, yana 10 million evro bonuslar oladi.

Timo 2016 yildan 2020 yilgacha “Leyptsig”da o‘ynagan, keyin londonliklar hujumchini 53 million evroga sotib olgandi.

Avvalroq “Barselona” Timo Verner va Hakim Zieshga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Timo Verner Angliya Premer-ligasini tark etishi mumkinligi ma'lum qilingan.