Futbol 22:14 | 10.08.2022

Superliga. “AGMK” “Lokomotiv”ni tor-mor etdi

O‘zbekiston Superligasi 15-turidan o‘rin olgan “AGMK” va “Lokomotiv” hamda “Bunyodkor” va “Qizilqum” o‘rtasidagi o‘yinlar yakunlandi.

Foto: Professional futbol ligasi matbuot xizmati

“Bunyodkor” “Jar” stadionida o‘tkazilgan o‘yinda “Qizilqum”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘yinda Temurxo‘ja Abduholiqov dublga erishgan bo‘lsa, “Bunyodkor”dan Jasur Hakimov javob qaytardi.

“AGMK” esa “Lokomotiv”ni yirik 4:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yinda Mirjahon Mirahmadov dublga erishgan bo‘lsa,  Siyavash Haqnazari va Anzur Ismoilov bittadan gol urdi.

Avvalroq 14-turning markaziy o‘yinida “Navbahor” mehmonda “Nasaf”ni mag‘lub etgani haqida xabar berilgan.