Yangiliklar 4:18 | 11.08.2022

Shaxmat bo‘yicha Butunjahon Olimpiadasi chempionlari kutib olindi — video

Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi chempioni bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi kutib olindi.

Foto: “Bugun.uz”

Shaxmat Olimpiadasi chempioni bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari Nodir Abdusattorov, Jahongir Vohidov, Shamsiddin Voxidov, Javohir Sindarov hamda Nodir Yakubboyev Prezident tomonidan “O‘zbekiston iftixori” unvoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoevning imzolagan qaroriga ko‘ra, Shaxmat Olimpiadasida chempion bo‘lgan sportchilar 600 million so‘m miqdorida mukofotlanadi. Jamoa murabbiyi esa 300 million so‘m bilan taqdirlanadi.

Shaxmat chempionlarini kutib olish uchun aeroportga Abdulla Aripov, Ozodbek Nazarbekov, Ravshan Ermatov, Otabek Umarov va Jahongir Ortiqxo‘jaev keldi.

Avvalroq Shaxmat Olimpiadasi chempionlariga “Equinox” mashinasi sovg‘a qilinishi haqida xabar berilgan.