Yangiliklar 10:23 | 13.08.2022

Messi “Oltin to‘p” da'vogarlari ro‘yxatiga kiritilmadi

“France Football” jurnali tomonidan ta'sis etilgan “Oltin to‘p” mukofotiga da'vogarlar ro‘yxatiga 2005 yildan beri birinchi marta “PSJ” hujumchisi Lionel Messi kiritilmadi.

Foto: “Fotomaç”

Messi etti marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan. O‘tgan mavsumda futbolchi “PSJ” safida barcha turnirlar doirasida 34 o‘yinda 11 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

2022 yilning dastlabki ro‘yxatiga 30 nafar arizachi kirdi. Ular orasida Tibo Kurtua (“Real”), Muhammad Saloh (“Liverpul”), Rafael Leau (“Milan”), Kristofer Nkunku (“Frantsiya”, “RB Leypsig”), Joshua Kimmix (“Bavariya”) bor.

Kuchli o‘ntalikdan bu yilgi “Oltin to‘p”ga nomzodlar orasida Messining azaliy raqibi, “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu ham bor. Portugaliyalik futbolchi ketma-ket 18 marta jahon futbolining bosh individual sovriniga davogarlar ro‘yxatidan joy oldi.

Avvalroq “Oltin to‘p”ni topshirish qoidalari o‘zgartirilgani xabar qilingandi. Dunyoning eng yaxshi futbolchisi uchun mukofot kalendar yiliga emas, balki sport mavsumi natijalariga ko‘ra beriladi.