Yangiliklar 10:33 | 14.08.2022

Mahmud Murodov O‘zbekiston Qurolli Kuchlari safiga qo‘shildi — foto

O‘rta vaznda UFC jangchisi Mahmud Murodov O‘zbekiston Qurolli Kuchlari safiga qo‘shildi. Bu haqda jangchi o‘z Instagram sahifasida xabar berdi.

Foto: Instagram / @Makhmud_muradov

Maxmud Murodov bir qator sportchilar va xodimlar qarshisida qasamyod qabul qildi. “O‘zbekiston Respublikasiga va Prezidentimga sadoqat bilan xizmat qilaman!”, — deb yozdi jangchi o‘z sahifasida.

Foto: Instagram / @Makhmud_muradov

Ma'lumot uchun Murodov Chexiya bayrog‘i ostida ham janglarda qatnashardi. Biroq uning Chexiyadagi vizasi “jamiyat uchun xavfli” ayblovi bilan bekor qilingandi.

Foto: Instagram / @Makhmud_muradov

Avvalroq Mahmud Murodovning UFC’dagi navbatdagi janggi 3 sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan. Shuningdek, Mahmud Murodov UFC’dagi navbatdagi jangini o‘tkazgani ma'lum qilingan.