Yangiliklar 22:01 | 14.08.2022

Qashqadaryoda futbol musobaqasida janjal yuzaga keldi — video

Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida yoshlar o‘rtasidagi futbol musobaqasida janjal yuzaga keldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Kadr Telegram / @Videosportuz

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda janjal dastlab ikki yigit orasida kelib chiqqanini ko‘rish mumkin. Shundan so‘ng jamoalar o‘rtasida mushtlashuv boshlanib ketgan.

Ma'lum bo‘lishicha, mazkur holat yuzasidan Ko‘kdala tuman IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan o‘rganish yakuni bilan qo‘shimcha axborot beriladi.

Avvalroq “So‘g‘diyona” va “Nasaf” o‘yini yakunida futbolchilar o‘rtasida janjal kelib chiqqani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Surxondaryoda futbolchilar o‘yindan so‘ng janjallashib ketgani ma'lum qilingan.