Futbol 23:46 | 15.08.2022

A Seriya. “Napoli” gollarga boy o‘yinda “Verona”ni mag‘lub etdi

Italiya A Seriyasi 1-turidan o‘rin olgan “Verona” va “Napoli” o‘rtasidagi o‘yin yakuniga etdi.

Foto: “Getty Images”

Neapolliklar mehmonda 2:5 hisobida g‘alaba qozondi. “Vernona”dan Lazanya va Faraoni gol urgan bo‘lsa, “Napoli”dan Losano, di Lorentso, Zelenskiy, Mariu Ruy va Osimxen gol kiritdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng, “Napoli” turnir jadvalida 1-o‘ringa joylashdi. “Verona” esa 20-o‘rindan joy oldi.

Avvalroq A Seriyaning 2021/22 yilgi mavsumida urilgan eng chiroyli goli aniqlangani haqida xabar berilgan.