Futbol 16:05 | 15.08.2022

“Barselona” hujumchisi tekinga “Yuventus”ga o‘tadi

“Barselona” hujumchisi Memfis Depay “Yuventus”ga o‘tishga yaqin turibdi, deya xabar beradi Mundo Deportivo.

Foto: Getty Images

Qayd etilishicha, yaqin orada shartnoma imzolanadi, unga ko‘ra futbolchi yiliga 5—6 million evro maosh oladi.

Avvalroq 28 yoshli Depayning “Barselona” bilan 2021 yilning yozida imzolangan shartnomasida bosh murabbiy almashgan taqdirda kelishuvni bekor qilish varianti kiritilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Memfis jamoaga Ronald Kuman boshqaruvida kelgan, noyabr oyida esa “Barselona”ni xavi qabul qilib oldi. Depay jamoasida qolishga qarshi emasligi, biroq xavi uni o‘z rejalariga kiritmagani aytilmoqda.

Faoliyati davomida “PSV”, “Manchester Yunayted” va “Lion” safida to‘p tepgan Depay katalonlar safida 36 o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.