Boshqa sport turlari 20:24 | 15.08.2022

Konya-2021. Akbar Jo‘raev 3 ta oltin medal qo‘lga kiritdi

Konya shahrida bo‘lib o‘tyotgan Islom birdamligi o‘yinlarida o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Akbar Jo‘raev musobaqada 3 ta oltin medalga ega chiqdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati

xabarga ko‘ra, og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Islom birdamligi o‘yinlaridagi ishtirokini yakunlandi.

+109 kilogramm vazn toifasida qatnashgan Akbar Jo‘raev dast ko‘tarishda 200 kilogramm, siltab ko‘tarishda 246 kilogramm va ikki kurash bo‘yicha 446 kilogramm natija bilan mutlaq chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Shu Ruslan Nurudinov 3 ta oltin medal qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgan.