Boshqa sport turlari 18:54 | 15.08.2022

Konya-2021. Ruslan Nurudinov 3 ta oltin medal qo‘lga kiritdi

Konya shahrida bo‘lib o‘tyotgan Islom birdamligi o‘yinlarida o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Ruslan Nurudinov musobaqada 3 ta oltin medalga ega chiqdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi, Olimpiada chempioni Ruslan Nurudinov Islom birdamligi o‘yinlarida -109 kilogramm vazn toifasida ishtirok etdi.

U dast ko‘tarishda 187 kilogramm, siltab ko‘tarishda 230 kilogramm va ikki kurash bo‘yicha 417 kilogramm bilan o‘yinlar rekordini o‘rnatgan holda g‘alabani tantana qildi va delegatsiya hisobiga 3 ta oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

Avvalroq hakamlarning xatosi tuzatilib, o‘zbekistonlik sportchiga oltin medal qaytarilgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, o‘zbekistonlik stol tennischilar musobaqaning bronza medalini qo‘lga kiritgani ma'lum qilingan.