Futbol 21:58 | 15.08.2022

“Man.Siti” Bernardu Silvani 100 mln evroga sotishga tayyor

“Manchester Siti” futbolchisi Bernardu Silvani 100 million evroga sotishga tayyor. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.

Foto: “News.sportbox.ru”

xabarga ko‘ra, “shaharliklar” yoz boshida 100 million evro atrofida belgilangan so‘rovni kamaytirish niyatida emas.

Portugaliyalik yarim himoyachiga “Barselona” qiziqish bildirmoqda. Biroq ayni damda “Manchester Siti”ga ispan klubidan rasmiy taklif bo‘lmagan.

Shunga qaramay, ingliz klubi qachondir taklif kulib tushishini kutmoqda. “Manchester Siti” Bernarduning klubini o‘zgartirish istagidan xabardor va o‘rtacha narxdagi takliflarni tinglashga tayyor.

Avvalroq Bernardu Silva qaysi murabbiy ideal ekanini aytgandi. Shuningdek, Bernardu Silva faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkinligi ma'lum qilingan.