Futbol 14:15 | 15.08.2022

“MYu” Ronaldu sotilmasligini ma'lum qildi

“Manchester Yunayted” jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu sotilmasligini ma'lum qildi. Bu haqda “Sky Sports” xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

Oldinroq “Manchester Yunayted” agar Ronaldu ishga o‘z munosabatini o‘zgartirmasa, klub futbolchi bilan shartnomani bekor qilish mumkinligi ma'lum bo‘lgandi.

Angliya Premer-ligasining dastlabki 2 turida “Qizil iblislar” mag‘lub bo‘ldi va Ronaldu birorta ham samarali ish bajarmadi. U Chempionlar ligasida o‘ynash imkoniyati uchun klubni tark etmoqchi ekani ma'lum qilingandi.

“Klubning pozitsiyasi o‘zgarmadi”, dedi “Qizil iblislar” matbuot xizmati va hujumchi sotilmasligi ma'lum qilindi.

Avvalroq ten xag Ronalduni “Rayo Valekano” bilan o‘yinda stadionni erta tark etgani uchun tanqid qilgani haqida xabar berilgan.