Futbol 16:30 | 15.08.2022

“Paxtakor” — “Olimpik” o‘yini “Jar” stadionida o‘tkaziladi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 16-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” — “Olimpik” o‘yini “Jar” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Foto: PFL

Professional futbol ligasi (PFL) matbuot xizmatining xabar berishicha, “Paxtakor” stadioni atrofida davlat test imtihonlari davom etayotgani va mazkur holat klubga muammo tug‘dirayotganidan kelib chiqib, “Paxtakor” va “Olimpik” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv “Jar” stadioniga ko‘chirilgan.

Eslatib o‘tamiz, tomonlarning 1-davradagi “Paxtakor” stadioni mezbonlik qilgan uchrashuv 1:1 hisobida yakunlagandi.

15-turdan keyin hisobida 31 ochko bo‘lgan “Navbahor” Superliga jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Dinamo” (7) esa so‘nggi o‘rinni band etgan.

Foto: PFL