Futbol 17:46 | 15.08.2022

“PSJ” Kilian Mbappe va Neymar o‘rtasidagi mojaroni muhokama qilish uchun yig‘ilish o‘tkazadi

“PSJ” Kilian Mbappe va Neymar o‘rtasidagi mojarodan xavotirda va uni hal qilishga harakat qilib ko‘radi.

Foto: Getty Images

“Monpele” bilan o‘yindan so‘ng (5:2) Neymar Mbappe klubning doimiy penalti tepuvchisiga aylanganidan noroziligini bildirib, Frantsiyalik futbolchi va vaziyat haqidagi ikkita postga “layk” qoldirdi.

Bundan tashqari, Mbappe “PSJ”dan Neymarni sotib yuborishni so‘ragani haqida ma'lumotlar tarqaldi.

L’Equipe xabariga ko‘ra, klub bu masalani muhokama qilish uchun hujumkor o‘yinchilar ishtirokida yig‘ilish tashkil qiladi. Uchrashuvda bosh murabbiy Kristof Galte va klubning amaldagi sport direktori Luish Kampush ishtirok etadi.

Shu bilan birga, Mbappening atrofidagilar muammo Kilianga emas, Neymar va “PSJ”ga tegishli deb hisoblamoqda.