Futbol 13:03 | 15.08.2022

“Real” ketma-ket 14 mavsumdan beri La Liganing 1-turida mag‘lubiyatga uchramayapti

“Real” ketma-ket 14 mavsumdan beri La Liganing 1-turida mag‘lub bo‘lmayapti.

Foto: “Real”

Karlo Anchelotti shogirdlari Ispaniya chempionatining ilk turida safarda “Almeriya” ustidan irodali g‘alabaga erishdi (2:1).

Madridliklar so‘nggi bor Ispaniya chempionatini 2008/09 yilgi mavsumda mag‘lubiyat bilan boshlagan. O‘shanda poytaxt klubi “Deportivo”ga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi (1:2).

14 mavsum davomida 1-turda mag‘lubiyatga uchramaslik La Liga tarixidagi ikkinchi eng yaxshi natija hisoblanadi. Rekord ham “Real”ning o‘ziga tegishli — jamoa 1961—1976 yillarda 16 mavsum davomida ilk turlarda mag‘lubiyatga uchramagan.

Eslatib o‘tamiz, “Real” Ispaniya chempionatining amaldagi g‘olibi hisoblanadi. Jamoa, shuningdek, o‘tgan mavsumda Chempionlar Ligasida ham g‘olib bo‘lgan.