UFC/Boks/MMA 15:03 | 15.08.2022

UFC prezidenti promoushendagi qaysi jangchi Konor Makgregor darajasiga chiqishi mumkinligini aytdi

UFC prezidenti Deyna Uayt promoushenning Konor Makgregor kabi mashhurlikka erishishi mumkin bo‘lgan eng istiqbolli jangchisi nomini aytdi.

Foto: Getty Images

“Hozirgi ro‘yxatdagi kim Konor Makgregor kabi UFC’ga ta'sir o‘tkazish imkoniyatiga ega? Ehtimol, Hamzat Chimaev. Ko‘ramiz, nimalar bo‘larkan”, — deydi Uayt.

Foto: Getty Images

Ma'lumot uchun, Makgregor MMA’da 28 ta jang o‘tkazib, shulardan 22 tasida g‘alaba qozongan, 6 tasida esa imkoniyatni boy berib qo‘ygan. U so‘nggi jangini 2021 yil iyul oyi Dastin Porega qarshi o‘tkazib, oyog‘ini sindirib olgandi. Pore texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan.

Hamzat Chimaev esa 11 marta oktagonga ko‘tarilib, ularning barchasida g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirgan.