Futbol 14:46 | 16.08.2022

Marko Roys “Borussiya” transfer siyosatini tanqid qildi

Dortmundning “Borussiya” jamoasi sardori Marko Roys klub transfer siyosatini tanqid qildi. Bu haqda “Sport1” xabar berdi.

Foto: “News.sportbox.ru”

 

Marko Roys agar jamoadan ketgan futbolchilar qolganida klub Evropa shov-shuv ko‘tarishi mumkin bo‘lganini ta'kidladi.

“Afsuski, biz 2–4 yildan keyin ‘Borussiya’dan boshqa joyda o‘ynashni orzu qiladigan ajoyib yosh futbolchilarni o‘z safimizga qo‘shib olyapmiz.

Har doim shunday o‘y borki, biz jamoa tuzamiz, keyin bir-ikki yildan keyin jamoa yana parchalanadi, chunki ikki-uch nafar yaxshi o‘yinchi ketadi.

So‘nggi yillarda bizda o‘ynagan futbolchilarga qarang. Agar hamma shu erda qolsa, Evropada shov-shuv ko‘targan bo‘lardik.

Futbol biznesi shunday. Har kimning o‘z maqsadlari bor”, — dedi Dortmund jamoasi sardori.

Ma'lumot uchun, Marko Roys “Borussiya D” safida 2012 yildan beri harakat qilib kelmoqda. Futbolchining Dortmund klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan.

Avvalroq “Borussiya D” “Manchester Siti”ning 19 yoshli futbolchisini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, “Real Madrid” “Borussiya” futbolchisini 2023 yilda sotib olmoqchi ekani ma'lum qilingan.