Futbol 2:09 | 16.08.2022

APL. “Liverpul” “Kristal Pelas”ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Angliya Premer-ligasi 2-turidan o‘rin olan “Liverpul”–“Kristal Pelas” uchrashuvi yakunlandi.

Foto: “Getty Images”

O‘yinda 1:1 hisobi qayd etildi. 1-bo‘limda “Kristal Pelas” futbolchisi Vilfrid Zaa hisobni ochgan bo‘lsa, “Liverpul”dan Luis Diaz hisobni tenglashtirdi.

O‘yinning 57-daqiqasida “Liverpul”ning yangi o‘yinchisi Darvin Nunez qizil kartochka oldi va mersisaydliklar o‘yinning qolgan qismini 10 kishi bo‘lib o‘tkazdi.

Avvalroq London derbisida “Chelsi” so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqargani haqida xabar berilgan.