Futbol 9:28 | 16.08.2022

Diego Simeone “Atletiko”ning Ronalduni sotib olishini xohlamoqda

“Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone jamoaning Krishtianu Ronalduni sotib olishini istamoqda.

Foto: Getty Images

Madridliklar ustozi portugaliyalikning transferi 2020 yilda Luis Suaresning transferi kabi samara berishini istaydi, deb yozadi jurnalist Gilem Balage.

Futbolchining o‘ziga ham “Atletiko” varianti yoqmoqda. Madrid klubi hozirda Simeone va futbolchining agenti xorxe Mendeshni xushnud etish imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda.

37 yoshli portugaliyalik hujumchi Angliya Premer Ligasining joriy mavsumida ikkita o‘yinda maydonga tushib, samarali harakatlarni amalga oshira olmadi.

Avvalroq “Manchester Yunayted” klubning pozitsiyasi o‘zgarmasligi va Ronaldu boshqa jamoaga sotilmasligini ma'lum qilgandi.