Futbol 11:33 | 16.08.2022

“Golden Boy” sovrini uchun nomzod futbolchilar ro‘yxati ma'lum qilindi

Tuttosport nashri 2022 yilgi “Golden Boy” mukofotiga nomzodlar ro‘yxatini e'lon qildi.

Foto: Getty Images

Evropaning eng yaxshi yosh futbolchisi sovriniga da'vogarlar ro‘yxatida 60 nafar futbolchi qolgan. Dastlabki ro‘yxatdan 100 nafar o‘yinchi o‘rin olgandi.

Nomzodlar qatorida Karim Adeemi, Jud Bellinghem (ikkisi ham “Borussiya D”), Eduardo Kamavinga (“Real”), Pedri, Ansu Fati, Gavi (barchasi “Barselona”), Karni Chukvuemeka (“Chelsi”), xarvi Elliott (“Liverpul”), Yugo Ekitik, Nunu Mendesh (ikkisi ham “PSJ”), Entoni Elanga (“Manchester Yunayted”), Rayan Gravenberx, Jamal Musiala (ikkisi ham “Bavariya”) kabi mashhur nomlarni ko‘rish mumkin.

Sovringa 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar da'vogarlik qila oladi.

Nomzodlarning to‘liq ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda ushbu sovrinni “Barselona” yarim himoyachisi Pedri qo‘lga kiritgandi.