Futbol 0:49 | 16.08.2022

La Liga. “Atletiko” mavsumni yirik g‘alaba bilan boshladi

Ispaniya La Ligasi 1-turidan o‘rin olgan “xetafe”–“Atletiko” uchrashuvi o‘z yakuniga etdi.

Foto: “Getty Images”

Uchrashuvda madridliklar yirik 0:3 hisobida g‘alaba qozondi. “Yuventus”dan “Atletiko”ga qaytgan Alvaro Morata o‘yinda dublga erishgan bo‘lsa, zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Antuan Grizmann jamoasining 3-golini urdi.

Shuningdek, jamoaning portugaliyalik futbolchisi Joao Felish har uchchala golga ham assistentlik qildi.

Ma'lumot uchun, “Barselona” musobaqani “Rayo Valekano”ga qarshi o‘yindagi durang bilan boshlagan bo‘lsa, “Real Madrid” 1-turda “Almeriya”ni 1:2 hisobida mag‘lub etgandi.