Futbol 10:28 | 16.08.2022

“PSJ” direktori Neymar va Kilian Mbappeni yarashtirib qo‘ygani aytilmoqda

“PSJ” futbolchilari Kilian Mbappe va Neymar o‘rtasidagi mojaroga barham berildi.

Foto: Getty Images

“Monpele”ga qarshi o‘yindan (5:2) so‘ng Neymar Mbappe klubning doimiy penalti tepuvchisiga aylanganidan norozi bo‘lib, vaziyat haqidagi ikkita postga “layk” bosdi.

Bundan tashqari, Mbappe klub rahbariyatidan Neymarni sotib yuborishni so‘ragani haqida ma'lumot paydo bo‘ldi. Shundan so‘ng klub ushbu masalani muhokama qilish uchun yig‘ilish o‘tkazishi ma'lum qilindi.

Jurnalist Adrien Grenening xabar berishicha, Parij klubi direktori Luish Kampush futbolchilar bilan suhbatlashgan. U ularning xatti-harakatlari jamoaga zarar keltirmasligi zarurligi va o‘zaro birlashish haqida gapirgan.

Yig‘ilishdan so‘ng futbolchilar vaziyat bartaraf etilganini aytgan.

Ma'lumot uchun, Neymar va Mbappe 2017 yildan beri parijliklar safida harakat qilib keladi.