Futbol 18:02 | 16.08.2022

“Spartak” ushbu haftada Oston O‘runov bilan shartnomani bekor qilmoqchi

“Spartak” yarim himoyachi Oston O‘runov bilan shartnomani bekor qilmoqchi. Bu haqda klub direktori Evgeniy Melejikov ma'lum qildi.

Foto: “Sport24”

“Ushbu haftada uni taklif qilaman, gaplashib olamiz. U bilan shartnoma bekor qilinadimi? O‘ylashimcha, ha. Hozir u yoshlar jamoasi bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqda”, — deydi Evgeniy Melejikov.

O‘zbekistonlik futbolchining “Spartak” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Futbolchining o‘zi ham Moskva klubidan ketishga qarshi emas. 21 yoshli futbolchi agar shartlari bajarilsa, Moskva klubi bilan kelishuvni bekor qilishga tayyor.

“Spartak” o‘zbekistonlik futbolchiga shartnomada keltirilgan 2 million evroning barchasini to‘lab berishi kerak bo‘ladi.