Futbol 15:00 | 13.09.2022

“Bunday jirkanchlikning jazosi faqatgina futboldan chetlatish bilangina qolib ketmasligini xohlaymiz” — Diyor Imomxo‘jaev

Professional futbol ligasi direktori Diyor Imomxo‘jaev kelishilgan o‘yinlar haqida fikr bildirdi. Bu haqda u o‘z Telegram sahifasida post qoldirdi.

Foto: Professional futbol ligasi axborot xizmati

O‘zbekiston Professional futbol ligasi direktori xorijlik futbolchi va murabbiylar

“Agar biror xorijlik futbolchi yoki murabbiy bizning chempionatdagi kelishilgan o‘yinlarda zarra qadar ishtirok etgan bo‘lsa ham, biz uni tuzimizni eb, unga tupurgan deb hisoblaymiz. Bunday futbolchi umrining so‘ngiga qadar bizning futbolga na futbolchi va na mutaxassis sifatida yaqinlashmasligini istaymiz.

Agar o‘zimiznikilar shu ishni qilgan bo‘lsa, biz ularni nafaqat g‘ururi va jamoadoshlari, balki yuz minglab muxlislar qatori oilasi, ota-onasi, farzandlariga qadar hiyonat qildi, deb bilamiz. Bunday jirkanchlikning jazosi faqatgina futboldan chetlatish bilangina qolib ketmasligini xohlaymiz”, — dedi Diyor Imomxo‘jaev.

Avvalroq O‘FA kelishilgan o‘yinlar ishi bo‘yicha xalqaro tashkilotlarga so‘rovlar yuborgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, “Lokomotiv” sardori o‘z o‘yiniga pul tikkani haqida xabarlar tarqalgandi.