Futbol 14:09 | 13.09.2022

“Barsa” va “Atletiko” Grizmann transferi bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin turibdi

“Barselona” va “Atletiko” Antuan Grizmann transferi bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin turibdi. Bu haqda “RMC Sport” xabar berdi.

Foto: “News.sportbox.ru”

“Barselona”ga tegishli bo‘lgan ujumchi Madrid klubida ijara asosida o‘ynamoqda. Shartnomaga ko‘ra, “Atletiko” Grizmann ikki mavsum davomida 50% o‘yinda kamida 45 daqiqani maydonda o‘tkazsa, uni 40 million evroga sotib olishi kerak.

2022/23 yilgi mavsumda qatorasiga oltita o‘yinda Antuan 60-daqiqadan so‘ng zaxiradan maydonga tushdi. “Barselona” ushbu holat yuzasidan “Atletiko”ni sudga berishga tayyorligi xabar qilingandi.

Qayd etilishicha, hujumchini sotib olish optsiyasi 25 million evrogacha kamayishi mumkin. Klublar o‘rtasidagi bu boradagi muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanishga yaqin turibdi. “Barselona” xalqaro tanaffus vaqtida muzokaralarni yakunlashga umid qilmoqda.

Avvalroq “Atletiko” Grizmanni sotib olish uchun “Barsa”ga 15 mln evro taklif qilgani haqida xabar berilgan.