Futbol 17:31 | 13.09.2022

Bellingem 2023 yilning yozida “Borussiya D”ni tark etadi

“Borussiya Dortmund” yarim himoyachisi Jud Bellingem 2023 yilning yozida jamoani tark etadi. Bu haqda “Football Daily” xabar berdi.

Foto: “Sports.ru”

xabarga ko‘ra, angliyalik futbolchi 2023 yilning yozida, albatta, Dortmund klubini tark etadi. “Manchester Yunayted” va “Liverpul” 19 yoshli yarim himoyachi uchun asosiy da'vogar hisoblanadi.

Oldinroq Bellingemga “Real Madrid” ham qiziqish bildirayotgani haqida bir necha bor xabar berilgandi. Judning “Borussiya” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Avvalroq “Real Madrid” 2023 yilda Bellingemni sotib olmoqchi ekani haqida xabar berilgan. Shuningdek, unga “Bavariya” ham qiziqish bildirgani ma'lum qilingan.