Futbol 19:45 | 13.09.2022

O‘zbekiston futzal jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Iroqni mag‘lub etdi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Iroqni mag‘lub etdi.

Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Uchrashuvning 1-taymidang so‘ng 5:1 hisobida oldinda borayotgan Bahodir Ahmedov shogirdlari 2-bo‘limda 3 ta to‘p o‘tkazib yubordi. Yakuniy hisob 5:4 ko‘rinishini oldi.

O‘yinda gollarni O‘zbekistondan Davron Choriev (dubl), Husniddin Nishonov, Ixtiyor Ropiyev va Akbar Usmonov kiritdi. Bunga Iroqdan Muhab Aldeen, Mustafa Ihsan, Fahad Methaq va Valid Halid javob qaytardi.