Boshqa sport turlari 14:59 | 21.09.2022

Samarqandda Engil atletika bo‘yicha Markaziy Osiyo ochiq chempionati bo‘lib o‘tadi

Samarqand shahrida 23—25 sentyabr kunlari Engil atletika bo‘yicha Markaziy Osiyo 4-ochiq chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur chempionatda 11 ta mamlakatdan 300 dan ortiq sportchilar ishtirok etadi.

Sport musobaqasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va Engil atletika federatsiyasi tomonidan Markaziy Osiyo engil atletika assotsiatsiyasi va “O‘zbekneftgaz” AJ ko‘magida tashkil etilmoqda.

Markaziy Osiyo Ochiq chempionatiSamarqand shahridagi “Afrosiyob Arena” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Bu rekonstruktsiyadan keyin ushbu stadionda o‘tkazilayotgan ilk yirik tadbir hisoblanadi.

Sportchilar asosiy yugurish yo‘nalishlari, texnik musobaqalar — balandlikka sakrash, tayanib sakrash, uzunlikka, uch hatlab sakrash, disk, bolg‘a, nayza uloqtirish bo‘yicha qatnashadi.

Ma'lumot uchun, engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi deyarli barcha yo‘nalishlarda chiqishi belgilangan.